Aktrisa Jenna Ortega unga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan “Wednesday” serialidagi bosh roldan dastlab voz kechganini tan oldi. Bu haqda u Times gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bunga televizion loyihalarda ishlashdan charchaganlik sabab bo‘lgan. Keyin Ortega o‘zini butunlay kinoga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan.
“Menga rol taklifi keldi va men rad etdim. Men hayotimda shunchalik ko‘p televidenie bilan shug'ullanganmanki, men faqat filmlarda rol o‘ynashni xohlardim”- dedi aktrisa.
Eslatib o'tamiz serial aktrisaga juda katta shon shuhrat olib keldi. Serialnining 2 mavsumi shu yilda suratga olinishi kutilmoqda.

Tasodifiy xabarlar
Aktyor Jonni Depp kino olamiga qaytmoqda
Yirtqich: Yomon yerlar filmidan yangi rasmiy treyler
“Super Mario” 2023-yilning eng kassabop filmi deb topildi
"Meg 2: Tubsizlik" filmidan rasmiy treyler
Sonik 3 O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
YouTubedagi eng mashhur video — “Baby Shark” qo‘shig‘i asosida ishlangan multfilm treyleri