“Super Mario” 2023-yilning eng kassabop filmi deb topildi

“Super Mario” 2023-yilning eng kassabop filmi deb topildi

“Aka-uka super Mario kinoda” 2023-yilning eng kassabop filmi deb topildi

"Aka-uka super Mario kinoda”, “Barbi” va “O‘rgimchak odam: olamlar to‘ri” filmlari 2023-yilda kino sanoatida eng katta daromad olib kelgan loyihalar bo‘ldi.

 

Mazkur reyting Deadline tomonidan o‘tgan yilda yuqori daromad keltirgan loyihalar bo‘yicha kassa tushumlari tahlili asosida tuzilgan.

Eng kassabop top-10 ta filmlar ro‘yxatini tuzishda nafaqat ochiq kassa ma’lumotlari, balki Gollivuddagi kinostudiyalar va nashr manbalarining ma’lumotlari ham inobatga olindi. Mazkur reyting filmlarning kassa tushumlari va sof foyda hajmiga ko‘ra tuzildi. Ya’ni, ro‘yxatni tashkil etishda filmni ishlab chiqarish xarajatlari, reklama to‘lovlari hamda boshqa qo‘shimcha xarajatlar hisobga olinmadi.

 

Birinchi o‘rinni “Aka-uka super Mario kinoda”multfilmi egalladi. Universal, Illumination va Nintendo studiyalari hamda loyiha mualliflari 559 million dollar sof foyda olishdi. Film kassada 1,36 milliard dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Rejissyor Greta Gervigning “Barbi” filmi biroz ko‘proq — 1,44 milliard dollar daromad keltirgan bo‘lsa-da, film ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Chunki uning sof foydasi 421 million dollarni tashkil etdi. Uchinchi o‘rinni esa 328 million dollar sof foyda bilan “O‘rgimchak odam: olamlar to‘ri” filmi egalladi.


2023-yilning eng kassabop filmlari ro‘yxati quyidagicha:

Aka-uka super Mario kinoda”;

“Barbi”;

“O‘rgimchak odam: olamlar to‘ri”;

“Ninzya toshbaqalar: Mutantlar qirg‘ini”;

“Oppengeymer”;

“Vonka”;

“Taylor Swift: The Eras Tour”;

“Freddi bilan besh kecha”;

“Galaktika qo‘riqchilari”;

“Kuchukchalar patruli: Megafilm”.

Reytingni tuzishda filmning umumiy byudjeti ham hisobga olingan. Shu sababli loyiha bilan mualliflarning o‘zi shug‘ullangan “Taylor Swift: The Eras Tour” ro‘yxatga kiritildi.

Теглар:
×