"Gattaka" filmining davomi suratga olinadi

Mashhur “Gattaka” filmining davomi suratga olinadi. Bu haqda “Deadline” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1997-yilda yaratilgan fantastik drama “Showtime” yangi seriyasi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Huquqlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv hali yakunlangani yo‘q, biroq u yakuniy bosqichda. Ma’lumki, filmdagi asosiy harakat asl filmdagi voqealardan keyin bir avlod almashadi. Govard Gordon va Aleks Gansa (“Vatan” filmi ijodkorlari) “Shouranner” – loyiha muallifi sifatida faoliyat yuritsa, Kreyg Bortenga (“Dallas xaridorlar klubi”) ssenariy yozish vazifasi topshirilgan.

 

Endryu Nikkolning “Gattaka” badiiy filmida Itan Xouk, Jud Lou va Uma Tyurman asosiy rollarni ijro etgan. Ularning qahramonlari komil kelajak jamiyatida yashagan, u yerda odamlar mos va noloyiqlarga bo‘lingan. Birinchisi genetik muhandislik yordamida, ikkinchisi esa tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan.

Bundan 26 yil avval yaratilgan filmda genetik texnologiyaning kelajagi va insonning tabiiy tanlash erkinligiga ta’siri haqida savollarga urg‘u berilgan. O‘sha vaqtlarda kartina dekoratsiya uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan hamda kutilganidek, tanqidchilar va tomoshabinlarning yuqori e’tiroflariga sazovor bo‘lgan. U IMDb reytingida 7,80 ballga ega. Loyiha byudjeti 36 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa-da, dunyo bo‘ylab 12 million dollar mablag‘ yig‘a olgan, xolos.

 

Film Shimoliy Amerika kassalarida muvaffaqiyat qozona olmadi va hatto o‘zini oqlamagan loyiha sifatida baholandi, ammo zamonaviy biotexnologiyaning yakuniy maqsadi – ayrim turlarning genetik xususiyatlarini tinimsiz yaxshilash xavfi haqida munozaralarni keltirib chiqardi. “Gattaka” nufuzli ilmiy nashrlar sahifalarida taniqli genetiklar tomonidan tilga olingan. “Gattaka” filmi 2011-yil yanvar oyida NASA mutaxassislari tomonidan ma’lum ilmiy faktlar va nazariyalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan ilmiy mavzudagi eng ishonchli loyiha sifatida tan olingan.

Kartina 1950-yillarda qurilgan xalqaro uslubdagi binolarning geometrik sharoitlarida rangli filtrlardan foydalangan holda suratga olingan.