"DC" kompaniyasining “Qora Adam” filmida bosh rolni o‘ynagan Dueyn Jonson filmni maqtagan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
“Barchangizga sevgingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat. Oxir-oqibat, men uchun muhim bo‘lgan yagona narsa odamlarni teatrdan uyiga yuzida tabassum bilan yuborishdir. Buning uchun doim kurashaman”, deb yozadi aktyor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, "Qora Adam" filmining dunyo bo'ylab kassa yig'imi 320 million dollorga ga yetdi.
Bu Jonsonning boshqa franchayzalar bilan bog‘lanmagan eng yaxshi yakkaxon debyuti bo‘ldi.
Aktyor yana bir postida Qora Adam roli Gollivud kinoloyihalarida o‘ynagan oldingi obrazlaridan “juda farqli” ekanini ta’kidlagan.


Tasodifiy xabarlar
Yirtqich: Yomon yerlar filmi O'zbek tilida rasmiy tizer-treyler
Yura davri dunyosi: Qayta tug'ilish uyg'onish filmi kadr orti jarayonidan ajoyib video rolik
"Venetsiyadagi arvohlar" yangi detektiv film treyleri
"Elemental" yangi multfilm premyera sanasi va treyler
Wednesday 2 - mavsumi haqidagi ilk video rolik
"Uyda yolg'iz" filmi yulduzi Makoley Kalkin ikkinchi marta ota bo'ldi