"Jon Uik 4" filmi aktyori Kianu Rivzdan yana bir ajoyib natija

Taqdim etilganiga hech qancha vaqt bo‘lmasdan turib, kino tomoshabinlarining e’tiborini qozongan “Jon Uik-4” filmiga oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, taniqli ijodkor Kianu Rivzning umumiy davomiyligi 169 daqiqani tashkil etuvchi filmda aytgan har bir so‘zi uchun aktyorga $39 000 dan pul to‘langan.

 

Rivz filmda bor-yo‘g‘i 380 ta so‘z talaffuz qilgan.

Qiziqarli jihati shundaki, franshizaning davomiyligi 101 daqiqaga teng keluvchi birinchi qismida Kianu Rivz 484 ta so‘zdan iborat senariy yodlagan. Franshizaning to‘rtinchi qismidagi ishtiroki uchun esa umumiy hisobda $14 820 000 dollar gonorar olgan.

Ammo tanganing boshqa tomoni ham bor, filmdagi barcha tryuklarnining 90 foizini, Keanu Rivz 58 yoshda bo'lib turib, o'zi bajargan! Shuning uchun u olgan gonorarini butunlay oqladi desak mubolag'a bo'lmaydi!

Ibrohim
Ibrohim

Bowqa joylada etlboldiyu bu nme kec tawavos🤣