Begona: Romulus” qo'rqinchli filmi butun dunyo bo'ylab 200 million dollardan (225,4 million dollar) ko'proq daromad oldi.
Film Amerikada 72 million , dunyo bo'lab esa 152 million dollardan ortiq kassa yig'ishga erishdi. Loyiha byudjeti 80 million dollarni tashkil etadi.

Film syujeti 2180 yilda, insonlar va o'zga sayyoraliklar o'rtasida sodir bo'ladi. Bir guruh o'smirlar tashlab ketilgan kosmik kemada qonxo'r ksenomorflarga duch kelishadi. Rejissyor Fede Alvares ("Nafas olma"). Rollarni Keyli Spaeny, Devid Jonsson, Isabella Mersed, Archi Reno va boshqalar ijro etgan.
Film prodyuserlaridan biri “Begona” franshizasining muallifi Ridli Skottdir. Tanqidchilar Romulusga ijobiy javob berishdi: Rotten Tomotoesda 80%, Metacriticda 100 talikdan 64 ta ovoz to'pladi. Filmni tomosha qilgan muhlislar ham u haqida ijobiy fikrlar bildirishdi. Film premyerasi dunyo bo'ylab kinoteatrlarda davom etmoqda.
Tasodifiy xabarlar
Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansson rejissyorlikka qo‘l urdi
Qum odam seriali 2 - mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
"Asteriks va Obeliks:O'rta qirollik" film treyleri!
"O'rgimchak Odam 4: Yangi kun" O'zbek tilida Uzbek tilida birinchi rasmiy treyler
“Avatar” filmining 3-qismi qachon ekranga chiqishini maʼlum.
Tron 3 :Ares filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling