18 may kuni o‘zbek tomoshabilariga "Fantomas" roli orqali tanish bo‘lgan avstriyalik aktyor Xelmut Berger 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, aktyorning o‘lim sababi hozircha noma’lum.
Berger 1944 yili 29 mayda Yuqori Avstriyada dunyoga kelgan. Bolaligi va yoshligi Zalsburgda o‘tgan, keyinchalik Parij va Londonda ishlagan. U Londondagi Markaziy nutq va dramatik san’at maktabida tahsil olgan.
1964 yilga kelib Berger italiyalik rejissyor Luchino Viskonti bilan uchrashadi. Keyinchalik u aktyorga Italiya va Fransiya rejissyorlari tomonidan suratga olingan beshta qisqa hikoyalardan iborat "Jodugarlar" filmidagi ilk rolini beradi.
Marhum aktyorning eng mashhur kino asari natsistlar Germaniyasidagi voqealar tasvirlangan Viskonti rejissyorligidagi "Xudolarning o‘limi" filmidir. Unda aktyor metallurgiya konserni rahbarining o‘g‘li Martin fon Essenbek rolini ijro etgan. Film 1960 yilda suratga olingan bo‘lib, Viskontining Berger bilan hamkorligi “Ludvig” (1972) va “Oila portreti ichki makonda” (1974) kinokartinalarida davom etadi.
Tasodifiy xabarlar
Berlin (Qog'oz bino) seriali premyerasiga oz qolmoqda (Video)
2023-yilning eng kassabop qo‘rqinchli filmi maʼlum bo‘ldi
"Napoleon" filmi suratga olish ishlari haqidagi video rolik
Garri Potter seriali haqida rejissor yangi serial haqida nimalar dedi
Joan Rouling “Garri Potter”dagi qaysi qahramonini “o‘ldirganidan” afsuslangani haqida so‘zlab berdi
Freddinikida besh kecha 2 filmidan birinchi rasmiy treyler