Ridli Skott rejissorligidagi “Gladiator-2” filmining suratga olish maydonchasida yong‘in sodir bo‘ldi va buning natijasida bir nechta ekipaj a’zosi jarohatlandi. Loyiha Marokashda suratga olinayotgan edi.
Voqea 7-iyun kuni sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, to‘rt nafari esa kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Paramount Studios vakilining aytishicha, yong‘indan jarohatlanganlarning ahvoli yaxshi va suratga olish ishlari davom etmoqda.
“Gladiator-2” filmi loyihaning birinchi qismi katta ekranlarga chiqqandan 25 yil o‘tib suratga olinmoqda. Ushbu kinokartina imperator Kommodning (Xoakin Feniks ijroda) jiyani Lusius ( filmda ushbu obrazni Pol Meskal gavdalantirgan) haqida hikoya qiladi. Filmda Denzel Vashington, Pedro Paskal va Jozef Kuin kabi aktyorlar ham ishtirok etgan. “Gladiator-2” filmining chiqarilishi 2024-yilning noyabriga rejalashtirilgan.
Tasodifiy xabarlar
Bokschi Bahodir Jalolov haqida film suratga olinadi!
"Flesh" filmi o'zbekcha to'li tahlili (Video)
Garri Potter seriali olinishi tasdiqlandi va tizer taqdim etildi
Kalmar o'yini 2 mavsumi fasli yangi rasmiy treyler
"Halo" seriali 2 mavsumi O'zbek tilida rasmiy treyler
"O'rgimchak odam: Yondosh olamlar 2 " filmi treyleri