"Netflix" koreys filmlari va seriallari uchun katta pul ajratadi

Bu Yangilik maʼlum boʻlganidan soʻng Janubiy Koreyaning ishlab chiqarish va koʻngilochar kompaniyalari aksiyalari keskin koʻtarildi.

 

Netflix tez orada Janubiy Koreyaga koreys seriallari va filmlarini ishlab chiqarish uchun kelgusi toʻrt yil ichida 2,5 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'ldi, bu esa kompaniyaning 2016-yildan beri bozorga kiritgan sarmoyasidan ikki barobarga koʻp 

Amerika striming xizmati bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol Netflix direktori Ted Sarandos bilan uchrashganidan soʻng maʼlum qildi. Yun dushanba kuni olti kunlik davlat tashrifi bilan Vashingtonga keldi. Prezident Yun ushbu sarmoyani Janubiy Koreya kontent sanoati va Netflix uchun “katta imkoniyat” deb baholadi.

 

Janubiy Koreya hukumatining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda musiqa, video oʻyinlar va filmlar, jumladan, kontent eksporti rekord darajadagi 12,4 milliard dollarga yetgan. Bu eksport hajmi boʻyicha maishiy texnika va akkumulyatorlarni ortda qoldirdi.

Janubiy Koreyaning "Kalmar o'yini", Shon-Sharaf Physical:100 va boshqa loyihalariga ishora qilar ekan, Sarandos, Koreya kino sanoatidan yanada koʻplab qiziqarli filmlar kutayotganini aytgan. 

 

Maʼlumot uchun, 2021-yilda chiqarilgan “Kalmar O'yini” premyeraning ilk 28 kunida 1,65 milliard soat tomosha qilinib Netflixʼ ga juda katta foyda keltirgan.

Ddd
Ddd
Nishon
Nishon

Kalmar seriyalining keyingi mavsumi qachon chiqar ekan?
*****

Admin:
Hayrli kun. Hali serialning yangi mavsumi chiqish sanasi aniq emas. Yangilik bo'lishi bilan ma'lumot beramiz

ISMOILOV
ISMOILOV

Bu mani uchun eng zo'r serial. 2-fasl 2024-yilda chiqadi dib etishvotti. Shu serialga o'xshash kino/seriallar bor, agar "Kalmar o'yini" silaga yoqsa bulani ko'rishshi maslahat beraman. "Ajal o'yini" ; "Qonli o'yin" ; "Jumboqlar xonasi 1,2"

Гость Aziz
Гость Aziz

Assalom alaykum Kores seriallaridan Rampant bilan zom 100seriali uzbek tiliga tarjima qilingani bormi