Asosan fantastika janrida ijod qiluvchi kanadalik rejissyor Jeyms Kemeron “Avatar” filmining keyingi qismlarini tezroq suratga olishni rejalashtirmoqda. Rejissyor keksa aktyorlar suratga olish ishlari boshlanish vaqtiga qadar yashab qolmasligidan xavotirda. Bu haqda People talk xabar bermoqda.
Ayni paytda filmning uchinchi qismi ustida ishlar olib borilmoqda. Franshizaning to‘rtinchi va beshinchi qismi 2029 va 2031-yillarga mo‘ljallangan. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun barcha aktyorlarning yuz ko‘rinishi skanerdan o‘tkazilgan. Rejissyor so‘zlariga ko‘ra, biror aktyor syomka jarayonida vafot etsa, sun’iy intellektdan foydalangan holda qahramonlar roli davom ettiriladi. Bu esa film to‘xtab qolmasligini va o‘z vaqtida taqdim etilishini kafolatlaydi.
“Jeyms Kemeron hech kimning vafotini ko‘rishni istamaydi, lekin Sigurni (74), Stiven (71) va Mishel (61) (Greys, Mayalsa va Trudi rollarini ijro etgan aktyorlar — tahririyat) rejissyor singari qarib bormoqda va kutilmaganda har qanday ish sodir bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Avatar” filmining ilk qismi premyerasi 2009-yilda, ikkinchi qismi esa 2022-yilda bo‘lib o‘tgan.


Tasodifiy xabarlar
"Mening ayolim- Qotil" filmining rasmiy treyleri
Rayan Reynolds va Xyu Jekman yangi loyihada suratga tushadi
"Quvnoq kichkina Betman" animatsion filmidan yangi rasmiy treyler
Loki seriali 2 mavsumi, fasli o'zbekcha treyler tahlili (Video)
Bo'ri odam filmidan birinchi rasmiy treyler
Yura davri dunyosi 4: Qayta tug'ilish filmidan yangi rasmiy treyler