Marvel Studios’ning sobiq prezidenti Devid Meyzel Marvel kinematik olami ishlab chiqargan “Temir odam” filmining yaratilishi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Meyzelning so‘zlariga ko‘ra, kichik Robert Dauni giyohvand moddalarni tez-tez iste’mol qilgani va jinoyatga qo‘l urgan o‘tmishi tufayli bu rolni tanlashdan qo‘rqqan. Bu rolga ikkinchi nomzod esa aktyor Timoti Olifant (“Qichqiriq 2”, filmi “Adolat” seriallaridagi rollari bilan tanilgan) edi.

Meyzel Marvel prodyuserlari va menejerlarini Dauniga imkoniyat berishga ishontirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Direktorlar kengashidan kompaniyaning kelajagini giyohvand insonning qo‘liga topshirishni so‘raganimda meni aqldan ozgan deb o‘ylashdi. Men ularga Robert bu rolni qanchalik yaxshi ijro etishini tushunishiga yordam berdim. Biz hammamiz uning yaxshi ekaniga va hushyor turishiga ishonardik”, — deydi Meyzel.

Kichik Dauni 2003-yildan buyon giyohvand moddalarni iste’mol qilmaydi. U o‘z karyerasini qayta tikladi va dunyodagi eng boy aktyorlardan biriga aylandi. U oxirgi marta “Qasoskorlar” filmida Toni Stark rolini o‘ynagan.
Tasodifiy xabarlar
"Sirli qotillik 2 " detektiv komediya film treyleri!
"Jon Uik 4" endi nima bo'ladi? Jon Uik o'ldimi? (Video)
"O'lja uyi" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri
Wednesday 2 mavsumi fasli Uenzdey 2 fasli rasmiy treyleri
Omad filmi Kiaunu Rivz ishtirokidagi yangi film rasmiy treyleri
"Kungfu panda 4" animatsion filmi barcha treylerlari (Video)