"Venetsiya" kinofestivali g'oliblari e'lon qilindi

9-sentyabr kuni Venetsiya xalqaro kino festivali yakunlandi. Yubuley 80-festivalda hakamlar hay’ati raisi rejissyor Demyen Shazel bo‘ldi. Hay‘at a’zolari barcha — 23 ta filmini tomosha qilib, tahlil qilib chiqdi. G‘oliblar quyidagicha ko‘rinish olgan:

 

Asosiy sovrinlar:

“Oltin sher”: “Baxtiqarolar” (Poor things) — rejissyor Yorgos Lantimos;

“Kumush sher” — “Hay'at a’zolari Gran-Prisi”: “Yomonlik mavjud emas” (Evil Does Not Exist) — rej. Ryusuke Hamaguchi

Eng yaxshi rejissyor uchun “Kumush sher”: Matteo Garrone — “Men Kapitanman” (Io Capitano);

Eng yaxshi aktrissa uchun Volpi Kubogi: Keyli Speni — “Prissilla”;

Eng yaxshi aktyor uchun Volpi Kubogi: Piter Sarsgaard — “Xotira” (Memory);

Eng yaxshi ssenariy: Gillermo Kalderon va Pablo Larrain — “Graf” (El Conde);

Hakamlar ha’yati maxsus sovrini: “Yashil chegara” (Zielona granica) — rej. Agneshka Holland;

Marchello Mastroianni nomidagi eng yaxshi yosh aktyor sovrini: Seydu Sarr — “Men Kapitanman” (Io Capitano);

Eng yaxshi debyut film: “Sevgi — bu qurol” — rej. Li Hongchi.

 

“UFQLAR” bo‘limi

Gran-Pri: “Barchasi uchun tushuntirish” (“Magyarázat mindenre”) — rej. Gabor Reysh;

Eng yaxshi rejissyor: Mika Gustafson — “Jannat yonmoqda” (“Paradiset Brinner”);

Eng yaxshi aktrissa: Margarita Rosa de Fransisko — “Jannat” (“El Paraiso”);

Eng yaxshi aktyor: Tergel Bold-Erdene — “Shamol shahri” (“Ser Ser Salhi”);

Eng yaxshi ssenariy: Enriko Maria Artale — “Jannat” (“El Paraiso”);

Eng yaxshi qisqametrajli film: “Qisqa sayohat” (“A Short Trip”) — rej. Erenik Beqir.

 

"FIPRESCI" mukofotlari

“Yomonlik mavjud emas” (rej. Ryusuke Hamaguti) — asosiy musobaqa;

“Tuganmas yakshanba” (rej. Allen Parroni) — Ufqlar;

“Kvir-sher”: boshlang‘ichlar uchun uy xo‘jaligi" — Goran Stolevskiy;

“Kinoga qo‘shgan hissasi uchun Faxriy Oltin sher”: Toni Leung Chu Vay va Liliana Kavani.