Netflix yangi to‘liq metrajli animatsion filmni keyingi haftada butun dunyo bo‘ylab obunachilarga taqdim etadi. Futbolga bag‘ishlangan “The Soccer Football Movie” deb nomlangan loyihaning debyuti 2022-yil 9-noyabrga belgilangan.
Unda haqiqiy futbol yulduzlari, jumladan Zlatan Ibrahimovich va Megan Anna Rapino ishtirok etadi.
Ibragimovich “Milan” klubidagi yutuqlari bilan tanilgan, Rapino AQSh ayollar jamoasini 2019-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alabaga olib brogan.
E’tiborlisi, Netflix ilovasida mavjud bo‘lgan film nomida “futbol” so‘zi chizilgan. Chunki, amerikalik tomoshabinlar uchun futbol butunlay boshqacha narsani anglatadi.
Multfilmining e’lon qilingan davomiyligi bir soatu o‘n uch daqiqa. Katalogda loyiha rejissyori kim ekanligi, personajlarni kim ovozga qoʻygani koʻrsatilmagan va hatto uni yaratgan studiya nomi ham koʻrsatilmagan. Batafsil maʼlumotlar keyinroq eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Tasodifiy xabarlar
"Ko'k Qo'ng'iz" filmining ilk rasmiy treyleri (Video)
"Kalmar o'yini" 2 mavsumi haqidagi yangiliklar
Benidkt Kamberbetch Netflix ning yangi serialida
“Yor-Yor” filmi yangicha talqinda suratga olinadi
Gunohkorlar filmi oxirgi rasmiy treylerini tomosha qiling
Moana multfilmi plagiatmi? Animator Disneyni sudga berdi