“Yovuz: G'arblik jodugar ertagi ” filmi AQShda raqamli prokatning birinchi haftasida 70 million dollar yig‘ib, haqiqiy hitga aylandi. Bu ko‘rsatkich Universal studiyasining avvalgi rekordchisi bo‘lgan “Super Mario Bros" animatsion filmini ortda qoldirdi. Mazkur film 2023 yilda birinchi haftada 44 million dollar daromad qilgan edi.
“Yovuz” ning umumiy dunyo bo‘yicha daromadi 683 million dollarga yetdi. Shundan 453 million dollari AQShning o‘zida, 230 million dollari esa boshqa davlatlarda yig‘ildi. Rossiyada film maxsus “oldindan ko‘rsatuv” formatida namoyish etildi.

Mazkur film Gregori Maguayrning shu nomdagi romani va 2003-yilda Brodveyda qo‘yilgan myuzikl asosida suratga olingan. Unda yashil terili jodugar Elfabaning (Synthia Erivo ijrosida) va uning do‘sti Glindaning (Ariana Grande ijrosida) Oz yurtidagi sarguzashtlari tasvirlanadi.
Film rejissori Jon M. Chu bo‘lib, u “Juda boy osiyoliklar” filmi bilan tanilgan. Film kassada erishgan muvaffaqiyati uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. “G‘arblik yovuz jodugar”ning ikkinchi qismi 2025-yil noyabr oyida premyera qilinishi rejalashtirilgan.
Tasodifiy xabarlar
"Ajal rejasi 6: Qon" filmi birinchi rasmiy treyleri Пункт назначения 6
Aktyor Benedikt Kamberbetch "Doktor Strenj" roliga qaytadi
"Tom and Jerry" multfilimi 83 yoshga to'ldi
"Oppengeymer" filmi qanday suratga olingan? (Video)
"Godzilla : Minus bir" filmidan ilk rasmiy treyler
Aktrisa Kemeron Diaz kino olamiga qaytadi!