1-Yanvar kuni Nevada shimolidagi mavsumiy bo'rondan qor tozalash paytida aktyor Jeremi Renner (Lochin ko'z) oyog’ini qor tozalash mashinasi bosib ketgan va u ko’p qon yo’qotgan, buning natijasida u jiddiy jarohat olgan. O’sha zahotiyoq aktyorni vertalyot orqali shifoxonaga olib borishgan. Hozirda uning ahvoli “og‘ir, ammo barqaror” deya ta’riflanmoqda
Uning vakilining so‘zlariga ko‘ra, u hozir oila qurshovida va a’lo darajada parvarish qilinmoqda. Avvalroq u o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Kaliforniya va Nevada shtatlari chegarasida kuchli qor yog‘ishi oqibatlari aks etgan suratni joylagan edi.
Aktyorga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz!
Tasodifiy xabarlar
Momaqaldiroqlar filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Milli Bobbi Braun ishtirokidagi "Bokira" filmidan rasmiy treyler
Sonik 3 filmidan yangi rasmiy tizer-treyler
Bollivud qiroli Shoxruxxon Qaytdimi?
"Maymunlar sayyorasi:Qirollik" filmi haqida yangiliklar
"Rik va Morti" multseriali muvaffaqiyati nimada?(Video)