Gollivud aktrisasi Emiliya Klark Big Issue nashriga bergan intervyusida “Taxtlar o‘yini” serialining birinchi va ikkinchi fasllarini suratga olish paytida bosh miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani va shu sababli aktyorlar tarkibidan chiqarilishi mumkinligidan qo‘rqqanini aytib berdi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.
Emiliya Klarkga 2011-yilda miya anevrizmasi — bosh miya arteriyasining patologik lokal kengayishi tashxisi qo‘yildi va insult tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda aktrisa endigina 24 yoshda edi. Operatsiyadan so‘ng Emiliyaga afaziya — nutqni yo‘qotish tashxisi qo‘yildi.
Muvaffaqiyatli o‘tgan operatiyadan so‘ng aktrisa bir oy ichida o‘ziga kela boshladi va ishga qaytdi. Ammo rol ijro etish Emiliyaga psixologik jihatdan murakkab bo‘ldi.
“Miyaning biror sohasi shikastlanganda inson o‘z-o‘zini idrok etishda va to‘g‘ri tutishda qiynaladi. Suratga olish maydonida ishlash vaqtida o‘zimga bo‘lgan ishonchim bir necha barobar tushib ketgan edi”, — deydi Klark.
Yulduzning so‘zlariga ko‘ra, Emiliya avvalo o‘limdan, so‘ng filmda rolni yo‘qotishdan qo‘rqqan edi:
“Ular meni rol ijro etishga qodir emas deb o‘ylaganlari uchun ishdan bo‘shatishlarini istamas edim. Agar o‘lsam, undan ko‘ra syomka paytida, jonli efirda jon taslim qilganim maqul” — deydi u.
Muammo shunda ediki, Emiliya Klark ikkinchi bor anevrizmga uchradi. Ammo takrorlangan kasallik bu safar jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. 2013-yilda aktrisa ikkinchi operatsiyani o‘tkazdi va oxir-oqibat kasallikni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.


Tasodifiy xabarlar
Nejcha 2 multfilmi Xitoy multfilmi jahon bo‘yicha eng mashhur filmlar beshligidan joy oldi
Dedpul 3 Filmini qachondan suratga olinishi malum!
"Argyle" yangi jangari film treyleri endi O'zbek tilida
"Mikki 17" yangi fantastik trillerdan rasmiy treyler
"Sukunat ovozi" yangi dahshatli film treyleri!
"Barbi" va "Oppengeymer" filmlari Rassiyada namoyish etilmaydi