Qor tozalash vaqtida jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan amerikalik aktyor Jeremi Renner jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Ayni vaqtda aktyorning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, aktyorning koʻkrak qafasi va tayanch-harakat aʼzolari jarohatlangan. U operatsiya qilingan va jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan.
“Qasoskorlar” filmi yulduzi kasalxonada olingan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan va barcha muxlislarga qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Suratga qisqa vaqt ichida 2 milliondan ortiq layk bosilgan. Muxlislar aktyorga sihat-salomatlik tilamoqdalar.
Tasodifiy xabarlar
Eng yaxshi Islomiy filmlar haqida ma'lumotlar(Video)
"Tilak" animatsion filmidan yangi treyler namoyish qilindi
"Yovuz murdaning tirilishi" filmi final treyleri (Video)
Aktrisa Zendaya “Oltin globus” mukofotiga nomzodlar ro'yhatida!
Barak Obamaning 2022 yildagi sevimli filmlari!
"Yashirin bosqin" serialidan yangi rasmiy tizer