Amerikaning “Netflix” platformasi taniqli aktrisa va xonanda Jennifer Lopes ishtirokidagi “Ona” filmi treylerini eʼlon qildi. Rolik striming servisining YouTube platformasidagi rasmiy kanaliga joylashtirilgan.
Filmda farzandini qutqarish uchun sayyoradagi eng xavfli odamlar bilan jang qilib, gʻalaba qozonishi kerak boʻlgan sobiq yollanma askar ayol hayoti haqida hikoya qilinadi.
Kartinada taniqli aktyorlar Gael Garsia Bernal, Pol Raysi, Omari Xardvik ham turli rollarni ijro etishgan.
Film ssenariysi mashhur ssenariynavislar Misha Grin, Andrea Berloff va Piter Kreyg tomonidan yozilgan. Kartinaning rasmiy taqdimoti joriy yilning 12-may sanasiga rejalashtirilgan.
Tasodifiy xabarlar
Jenna Ortega "Wednesday" seriali sababli "Qichqiriq" filmidan dan voz kechdimi?
Marvel filmlari qanday suratga olinadi? (Video)
"Galaktika qo'riqchilari 3" filmidan yangi tizer (Video)
"Barbi" filmi 2023-yilning eng kassabop filmi bo'ladimi?
"Yengilmas" 3 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
Eng yaxshi ko'rish uchun Animelar Top - 10 (Video)