Warner Bros. kompaniyasi “Taxtlar o‘yini” seriali asosida yangi film ishlab chiqaradi, deya xabar bermoqda Lifehacker nashri.
Hozirda to‘liq metrajli film ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, shuning uchun unga ma’lum bir rejissyor va ssenariy muallifi biriktirilmagan. Manbalarda mazkur loyiha haqida boshqa tafsilotlar hozircha yo‘q.
“Taxtlar o‘yini” seriali HBO telekanalida 2011-yildan 2019-yilgacha namoyish etilgan. Serial Jorj R.R. Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” (“A Song of Ice and Fire”) romani va romanlar turkumiga asoslangan.
“Taxtlar o‘yini” XXI asr Amerika televideniyesidagi eng katta byudjetga ega bo‘lgan fentezi janrdagi qimmatbaho loyiha bo‘lib, u ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Jumladan, serial 59 karra Emmi mukofotini oldi.
Serial sakkiz fasl davom etdi va kino sanoatidagi haqiqiy fenomenga aylandi. Loyihaning yakuni bahsli va munozarali bo‘lganiga qaramay, “Taxtlar o‘yini” muvaffaqiyati kamaymadi va uning asosida bir nechta spin-offlar, xususan, “Ajdar uyi” va “Yetti qirollik ritsari” kabi prikvellar suratga olindi.
“Ajdar uyi”da Peddi Konsidayn, Emma D’Arsi, Oliviya Kuk, Mett Smit va boshqalar rol ijro etgan. Kartinaga “Taxtlar o‘yini”ning bir nechta epizodini tasvirga olgan Migel Sapochnik ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etgan.
Tasodifiy xabarlar
Moana multfilmi plagiatmi? Animator Disneyni sudga berdi
Paddingdon 3 filmidan yangi rasmiy treyler
Yomon yigitlar 2 multfilmi animatsion filmidan yangi rasmiy treyler
"Arvox ovchilari: Muz imperiyasi" filmidan yangi rasmiy treyler
"Kapitan Amerika 4" filmidan ilk rasmiy treylerni tomosha qiling
"Qora Pantera " Qora Adam"ni ortda qoldirdi!