Disney studiyasi Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ijrosidagi “Titanik” melodramasining yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Reliz 2023-yilning 10-fevraliga rejalashtirilgan,
Jeyms Kemeron filmi 3D, 4K HDR va boshqa formatlarda taqdim etiladi. AQSHdagi prokat huquqi Paramount’ga tegishli.
“Titanik” filmi birinchi marta katta ekranlarga 1997-yilda chiqqan va butun dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollar to‘plab, kassa yig‘imlari bo‘yicha fenomenga aylangan. Shuningdek, lenta 11 ta “Oskar” mukofotini, jumladan “Eng yaxshi film” uchun ham qo‘lga kiritgan. 3D-formatdagi takror relizi 2012-yilda bo‘lib o‘tgandi.

Tasodifiy xabarlar
"Bobil" filmi suratga olish jarayoni, kadr orti sirlari (Video)
Sevimli multfilm qahramonlarimiz real hayotda qanday?
"Yigit so'zi" seriali qanday suratga olingan? (Video)
"Makkajo'xori bolalari" dahshatli filmdan rasmiy treyler
"Oskar" olgan eng yaxshi filmlar haqida (Video)
Kris Pratt Marvel kino olamini tark etadimi?