«Dyunа 3» trilogiyaning eng qisqa filmi bo‘ladi

 «Dyunа 3» trilogiyaning eng qisqa filmi bo‘ladi

«Dyunа» trilogiyasining yakuniy qismi taxminan 2,5 soat davom etadi. Filmning rasmiy davomiyligi 150 daqiqa etib belgilangan. Shu tariqa, u franshizadagi eng qisqa filmga aylanadi.

Taqqoslash uchun, birinchi «Dyunа» 155 daqiqa, «Dyunа: 2-qism» esa 166 daqiqa davom etgan.

Yangi film Frenk Gerbertning «Dyunа messiyasi» romani asosida suratga olinadi. Asarda Pol Atreydesning imperatorlik taxtiga ko‘tarilganidan keyingi hayoti va voqealar rivoji hikoya qilinadi. Roman birinchi kitobga nisbatan ancha ixcham bo‘lgani sababli, filmning qisqaroq davomiyligi ham mantiqan mos keladi.



Timoti Shalame Pol Atreydes roliga qaytadi. Shuningdek, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xaver Bardem va avvalgi filmlarda suratga tushgan boshqa aktyorlar ham ishtirok etadi. Franshizaning yangi aktyorlaridan biri esa Robert Pattinson bo‘ladi.


«Dyunа: 3-qism» filmining jahon premyerasi 2026-yil 18-dekabrga belgilangan.

Теглар:
×
KINOCHI.NET