AQShning "Netflix" kinoplatformasi joriy yilning kuzida Janubiy Koreyaning "Squid Game" (“Kalmar o`yini”) seriali asosida yangi realiti-shou namoyish etishga va’da berdi. Bu xaqda “Deadline” internet nashri xabar berdi.
Unga ko`ra, “Squid Game: The Challenge” nomli realiti-shou premerasi noyabr oyida bo`lib o`tadi. Unda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million dollar miqdordagi yutuq uchun kurashadi. Bu tarixdagi eng ko`p mukofot puli va’da qilingan shou hisoblanadi.
“Realiti-shou o`n qismdan iborat bo`ladi. Loyiha ishtirokchilari ushbu serialda ko`rsatilgan bir qator o`yinlarda real hayotda ham kurash olib boradi. Shuningdek, bellashuvga yangi shartlar ham kiritilgan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq realiti-shouning tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etganlar o`zlariga qilingan “shafqatsizlarcha” munosabat uchun "Netflix" ni sudga bermoqchi bo`lgan edi. Ushanda o`nlab o`yinchilar musobaqa doirasida soatlab sovuqda turishga majbur qilingan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda “Kalmar o`yini” ishtirokchilarning omon qolish yo`lidagi shafqatsiz kurashi haqidagi film “Netflix” tarixidagi eng mashhur serial deb topilgan. Film premeradan so`ng 25 kun ichida 111 million marta tomosha qilingan.
Siz ushbu tadbir shouga nima deysiz? Sizga taklif bo'lsa unda qatnashgan bo'lardingizmi? Fikrlaringizda izohda yozib qoldiring!


Tasodifiy xabarlar
“Qattiqqo‘l xonim 2” filmining birinchi tizeri e’lon qilindi
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)
"Endryu Garfild " vaqtincha kino olamidan uzoqlashmoqchi!
"Super Mario Bros." Animatsion filmi final treyleri
"Wednesday" seriali bosh qahramoni 2022 yilning eng sevimli aktrisasi!
"Qog'oz bino" Koreya 2 fasl (Treyler)