"Kung-fu Panda” multfilmining to‘rtinchi qismi 2024-yil 8-martda chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda trilogiyaning davomli bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot bermagan Universal Pictures kompaniyasi xabar berdi!
Multfilmning uchinchi qismi 2016-yilda chiqarilgan. Oradan olti yil o‘tsa hamki, yangi loyihaning sujeti oshkor etilmagan. Multfilmda qadimgi Xitoyning fantastik versiyasida yashovchi Po ismli panda haqida hikoya qilinadi.
Birinchi qism butun dunyo bo‘ylab 631 million dollar to‘plab, DreamWorks’ning eng yuqori daromad keltirgan loyihaga aylangan. Hammasi bo‘lib Panda haqidagi multfilmning daromadi 1,8 milliard dollarni tashkil qilgan.
Bosh qahramonga Jek Blek, bundan tashqari, Anjelina Joli, Jeki Chan, Lyusi Lyu, Set Rogen va boshqalar ham multfilm qahramonlariga ovoz bergan.


Tasodifiy xabarlar
Kalmar o'yini 3 mavsumi fasli haqidagi yangiliklar
"Ko'k Qo'ng'iz" filmining ilk rasmiy treyleri (Video)
"Bizning so'ngimiz" seriali 8 qism rasmiy tizeri
Rayan Reynolds va Xyu Jekman yangi loyihada suratga tushadi
Narniya: Sehrgarning jiyani filmidan birinchi rasmiy treyler
"Qichqiriq 6" film rasmiy final treyleri