Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida “Terminator” filmining keyingi qismlarida suratga tushmasligini ma’lum qildi.
“Franshiza tugagani yo‘q, lekin mening undagi ishtirokim tugadi. Men ‘Terminator‘ boshqa yo‘nalishda suratga olinishini yaxshi tushundim. Kimdadir bu borada yaxshi g‘oya bordir. ‘Terminator‘ qaysidir ma’noda muvaffaqiyat qozonishimga turtki bo‘ldi. Shuning uchun film menda har doim iliq xotiralarni uyg‘otadi”, — deydi aktyor.
Aktyor, shuningdek “Genezis” va “Qora taqdirlar” filmlarining davomida suratga tushganidan afsuslanishini ham aytib o‘tgan.
“Birinchi uchta film zo‘r chiqqan. To‘rtinchisiga meni chaqirishmadi, chunki u paytda men Kaliforniya gubernatori edim. Beshinchi va oltinchi filmlar unchalik ko‘ngildagidek chiqmadi, o‘ylashimcha. Biz bu haqda film chiqmasidan avval bilganmiz, chunki ssenariy unchalik yaxshi yozilmagan edi”, — deydi aktyor.


Tasodifiy xabarlar
"Netflix" 2022- yil sarhisobini taqdim etdi!
"Indiana Jons 5: Taqdir charxpalagi" filmi haqida yangilik
Maykl Jekson hayoti haqida film suratga olinadi!
O'zbek qizi (Uzbechka) filmi haqida ma'lumotlar
"Tungi sho'ng'ish" yangi qo'rqinchili film treyleri
Jodugar seriali 3 mavsum, fasli suratga olish jarayoni (Video)