Derrida hammasi tugadi deb o'ylaganlar adashgan...«Derryga xush kelibsiz» seriali atigi boshlanishi ekan. Yaratuvchilar rasmiy aytishicha, loyiha kamida 3 mavsumga mo'ljallangan va eng qiziq tomoni - voqealar har mavsumda yanada orqaga qarab rivojlanadi.
2-mavsum bizni 1935-yilga olib boradi. Bu - Buyuk Depressiya davri. Og'ir hayot, qo'rquv ichidagi shahar va fonida sodir boʻlayotgan Bredli to'dasi bilan bog'liq dahshatli voqealar. Kitobni o'qiganlar bu epizod nimasi bilan mashhurligini yaxshi bilishadi. Yangi qahramonlar paydo boʻladi, shu bilan birga 1-mavsumda ko'rgan ayrim personajlarni ancha yosh holatda yana uchratamiz.

Ammo eng qiziq joyi hali oldinda.
3-mavsum butunlay 1908-yilga qaytadi. Ya'ni Pennivays va Derridagi yovuzlikning eng ilk izlari, hammasi qayerdan boshlanganini ko'rsatib beradi. Serial asta-sekin shunchaki qo'rqitishdan chiqib, butun shaharni yillar davomida qamrab olgan la'nat tarixiga aylanmoqda.
Shu orada eslatib o'tamiz:
1-mavsumning barcha qismlari allaqachon chiqib boʻlgan. Kim hali tomosha qilmagan
boʻlsa, boshlash uchun juda yaxshi payt.
Tasodifiy xabarlar
Kino yulduzlari haqida siz eshitmagan 10 ta fakt!
Mufasa: Qirol sher filmidan yangi rasmiy treyler
Vakanda Ko'zlari animatsion seriali birinchi rasmiy treyleri
Yuruvchi murdalar: Omon qoluvchilar serialidan yangi treyler
Uyda yolg'iz filmi aktyorlari xozirgi kunda qanday ko'rininishda? (video)
Eng yaxshi, Top jangari filmlar (Video)