Itga insonning do‘sti sifatida qaraladi. Uning xo‘jayiniga bo‘lgan sadoqati cheksiz. Gollivud yulduzi Silvestr Stallone o‘z misolida inson sevimli uy hayvoni uchun ko‘p narsaga qodir ekanini isbotladi.
Gollivud aktyori Silvestr Stallone 1971-yilda, ya’ni 25 yoshli yigit bo‘lgan paytida intiluvchan lekin unchalik mashhur bo‘lmagan aktyor edi. O‘sha paytda aktyor teatr va teleseriallarda kichik rollarni ijro etadi, biroq uncha ko‘p mablag‘ topa olmaydi. Intervyularining birida Stallone o‘shanda faqat bir juft shimi va teshik tuflisi borligini aytgan. Payti kelib aktyorning shaxsiy moliyaviy inqirozi shu darajaga yetganki, u hattoki to‘yib ovqatlanishi uchun pul topa olmagan. Aktyor esa muzlatkichni biror narsa bilan to‘ldirish uchun o‘sha paytda hali kichkina it bo‘lgan Butkusni 40 dollarga sotishga majbur bo‘lgan.
Bu qarorni qabul qilish aktyor uchun qiyin bo‘ldi, chunki it uning qiyin paytlaridagi sodiq do‘stiga aylangan edi.
“U mening kayfiyatimga chidaydigan va borligimcha yaxshi ko‘rgan yagona tirik mavjudot edi”, — deydi Silvester.
Biroq aktyor itini unuta olmadi. Stallonening hayoti 1976-yilda chiqarilgan va unga uzoq kutilgan muvaffaqiyatni keltirgan “Rokki” filmi ssenariysining sotilishi bilan o‘zgardi. Aktyor gonorarni olgach, tezda itini qaytarib olishga shoshildi. Biroq itning yangi egasi Butkus Silvestr uchun naqadar aziz ekanini bilib, unga aql bovar qilmaydigan narx — 15 ming dollar berishi kerakligini aytdi.
Stallone hech ikkilanmasdan pul to‘ladi va keyinchalik “har bir sent bunga arzishini” aytdi. “Rokki” filmi mashhur loyihaga aylandi va uch marta “Oskar” mukofotini oldi. Silvestr 1981-yilgacha, ya’ni itining o‘limigacha undan ajralmadi.
Tasodifiy xabarlar
“Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi jahon prokatida qancha mablag' yigdi
Aktrisa Emi Adams Supermen qaytganidan xursand!
Bola dunyoni o'ldiradi filmidan yangi rasmiy treyler
Boshqotirma 2 O'zbekcha to'liq tahlili (Video)
"Qor jamiyati" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
“Uch bahodir” multfilmining yangi qismidan rasmiy treyler