Rejissyor Deni Vilnev tomonidan suratga olingan “Dyuna” filmining ikkinchi qismi suratga olib tugatildi. Bu haqida bosh rol ijrochisi Timoli Shalame maʼlum qilgan.
Suratga olish ishlari 2022-yilning iyul oyida boshlangan edi. Jarayon umumiy hisobda 5 oy davom etgan. Film Budapesht, Abu-Dabi, Iordaniya va Italiya hududida suratga olingan.
“Dyuna-2” bosh qahramon Pol Atreydesning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Filmda shuningdek, ijodkorlar Rebekka Fergyuson, Zendaya, Josh Brolin, Xaver Bardem, Stellan Skarsgord, Deyv Bautit, Sharlotta Rempling va Stiven Xendersonlar suratga tushgan. Sikvel taqdimoti 2023 yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan.
Yozuvchi Frenk Gerbert asari asosida suratga olingan filmning birinchi qismi 2021-yilning 3-sentyabr kuni taqdim etilgan va jahon kinoprokatidan 401,8 million AQSh dollari miqdorida daromad koʻrgan.


Tasodifiy xabarlar
"Yigit so'zi" 8 qismi namoyish qilinish sanasi aniq bo'ldi
Mualliflik huquqini buzgan fuqaro javobgarlikka tortildi
"Tozalovchi" yangi jangari film rasmiy treyleri
"Yovuz" filmi kassada yangi rekord o'rnatdi
Venom 3: So'ngi raqs filmi O'zbek tilida to'liq tahlil
Gen V 2 mavsumi fasli V avlodi seriali 2 sezoni yangi rasmiy treyleri