Aktrisa Skarlett Yoxansson rejissyorlik faoliyatida debyut ishini boshladi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, ilk filmda Djun Skuibb (“Shmidt haqida”, “Nebraska”), Chivetel Edjofor (“12 yil qullik”, “Doktor Streynj”), Jessika Xeyt (“Do‘stlar”), Erin Kelliman (“Voz kechilganlar”) va boshqa aktyorlar suratga tushishi rejalashtirilgan. Film ssenariysi Tori Keymen qalamiga mansub.
Film “Eleonor. Ko‘rinmas odam” deb nomlanib, unda 90 yoshli Eleonor Morgenshteyn ismli ayol haqida so‘z boradi. Qahramon yaqin do‘stining vafotidan so‘ng o‘zini qo‘lga olish va ruhan tiklanish uchun Floridadan Nyu-Yorkka qarab yo‘l oladi.
Film TriStar Pictures va Sony Pictures Classics kompaniyalari tomonidan suratga olinadi.


Tasodifiy xabarlar
Ovchi Kreyven filmidan yangi rasmiy treyler
"Marvel" o'tkan 4 - faza haqidagi to'liq ma'lumotlar.
"Wednesday" seriali natijalarni yondirmoqda!
Jenna Ortega (Wednesday) haqidagi ma'lumotlar (Video)
Metyu Makkonahi komedik serilda ko'rinish beradi
Kaskadyor filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treylerni tomosha