Jahon kino sanoatida juda katta shov-shuvga erishgan “Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyaning Uiklou grafligida suratga olinadi. Mazkur loyiha mamlakat tarixidagi eng qimmat filmga aylanadi.
Irlandiya kinematografiya kengashining ma’lum qilishicha,“Wednesday” ushbu davlatdagi ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha eng qimmatbaho va yirik loyiha bo‘lishi kutilmoqda. Suratga olish ishlari uchun sarf etiladigan mablag‘ hajmi ma’lum qilinmagan.
Filmga hatto Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris hamda madaniyat, sport va OAV vaziri Ketrin Martin ham qiziqib, suratga olish maydoniga tashrif buyurgan. Ular rejissyor Tim Berton va serial ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
Addams oilasiga bag‘ishlangan“Wednesday” serialining birinchi mavsumi Ruminiyada suratga olindi, ammo syomka paytida ijodiy jamoa logistika bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. 2022-yilda taqdim etilgan loyiha 250 million martadan ortiq ko‘rildi va to‘rt karra “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Serialning yangi 2 - mavsumi kelasi 2025 - yilda namoyish qilinadi.


Tasodifiy xabarlar
Wednesday seriali 2 mavsumi haqida aktrisa nima dedi?
Mehmonxona qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
"Ragnarok" seriali 3 mavsumi faslidan rasmiy treyler
"O'lja uyi" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri
"Gunohkorlar" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
"Oskar" ga loyiq ko'rilmagan eng mashhur yulduzlar