Internetda "Begona: Yer" nomli yangi serialning navbatdagi tizeri paydo bo‘ldi. "Begona"ning prikveli (avvalgi hikoya) bo‘lgan ushbu serial joriy yilning yozida chiqadi.
Syujet 2090-yillarda Yerda sodir bo‘ladi. Asosiy qahramon — Vendi ismli gibrid meta-inson. U bolalik aql-idrokiga ega bo‘lsa-da, voyaga yetgan qiz tanasida. Uning murabbiyi Kirsh esa Vendidni ksenomorflarga qarshi bo‘ladigan urushga tayyorlamoqda.
Serialning muallifi — Noah Xouli ("Fargo" seriali muallifi). Rollarni Sidney Chandler, Timoti Olifant, Aleks Louter, Essi Devis va boshqalar ijro etadi. Original "Begona" filmining yaratuvchisi Ridli Skott bu serialda prodyuser sifatida ishtirok etadi.
Oxirgi "Begona", ya’ni "Romul" 2024-yil avgust oyida chiqarilgan bo‘lib, jahon bozorida 350 million dollar yig‘di va "Eng yaxshi vizual effektlar" nominatsiyasida "Oskar" mukofotiga tavsiya etildi. Disney va 20th Century Studios hozirda ushbu loyiha uchun davomiy film tayyorlamoqda.
Tasodifiy xabarlar
Germiona nega uzoq davom etadigan filmlarda suratga tushmaydi?
"Transformerlar 7: Yirtqichlar Yuksalishi" treyler tahlili
Monarx: Maxluqlar merosi seriali 2 - mavsumidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
Nejcha 2 multfilmi Xitoy multfilmi jahon bo‘yicha eng mashhur filmlar beshligidan joy oldi
Terminator filmining davomini ko'ramizmi (Video)
2025-yilgi Kann kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi