Bu "Minecraft" dunyosini yangicha koʻrinishda koʻrsatadigan yangi qahramonlar bilan original hikoya boʻladi.
Netflix mashhur “Minecraft” video o‘yini asosida ishlangan animatsion serialni e’lon qildi. Striming kompaniyasi loyihani o‘yin egasi hisoblangan Shvetsiyaning “Mojang Studios” kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqaradi.
Bu “Minecraft” dunyosini yangicha olamda koʻrsatadigan yangi qahramonlar bilan original hikoya boʻladi. Loyiha Sonic Prime’da ishlagan “WildBrain Studios” tomonidan animatsiya qilinadi.
Premyera sanasi hozircha nomaʼlum, ammo Jek Blek va Jeyson Mamoa ishtirokidagi toʻliq metrajli “Minecraft” filmi 2025-yilda suratga olinadi.
“Mojang Studio” Minecraft’ni 2011-yilda chiqargan. Oʻzining pikselli uslubida oʻyin foydalanuvchilarga rangli bloklardan 3D olamlarni yaratishga imkon beradi. Ushbu video oʻyinning oylik foydalanuvchilari 140 milliondan ortiq.

Tasodifiy xabarlar
Jenna Ortega "Wednesday" ro'li uchun "Oltin yil" mukofotini oldi
"Oppengeymer" filmi qanday suratga olingan? (Video)
"Sumerki" franshizasi davom etadi endi serial suratga olinadi
Yura davri dunyosi: Qayta tug'ilish uyg'onish filmi kadr orti jarayonidan ajoyib video rolik
"Yengilmas" 2 - mavsumidan yangi rasmiy tizer namoyish qilindi
Marvel Zombilari O'zbek tilida multserialning to'liq tahlili