“Mo‘jizakor ayol” kinokartinasi yulduzi Gal Gadot “Forsaj-10” filmining aktyorlar safiga qo‘shiladi.
Gadot “Forsaj” filmidagi ilk rolini 2009-yilda katta ekranlarga chiqqan franshizaning to‘rtinchi qismida ijro etgan. Aktrisa Gollivuddagi karyerasini boshlagan Jizel Yashar rolini ijro etdi. Yashar “Forsaj-6” filmida sevgilisi Xanni (filmda bu rolni koreyalik aktyor Soon Kang ijro etgan) qutqarmoqchi bo‘lganida o‘ldiriladi.
Jizelning tirilishi tafsilotlari haqida xabar berilmagan. O‘ninchi filmdagi bosh antagonist rolini Gadotning “Adolat ligasi”dagi jamoadoshi Jeyson Momoa ijro etadi. Aktyorlar jamoasiga Vin Dizel, Mishel Rodriges, Bri Larson, Charli Teron, Jeyson Steytem, Jon Sena, Xelen Mirren va boshqalar ham qo‘shildi.
“Forsaj-10” kinokartinasini “Aldash illyuziyasi”, “Titanlar” to‘qnashuvi fimi rejissori Lui Leterrier suratga oladi. Filmning premyera qilinishi 2023-yilning may oyiga rejalashtirilgan.


Tasodifiy xabarlar
"Vonka" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling.
Momaqaldiroqlar filmi yangi rasmiy treyleri muhlislarga taqdim etildi
“Disney” Mufasaga bag‘ishlangan film yaratadi!
"Baghead" filmi O'zbekcha rasmiy treyler yangi qo'rqinchili film
"Haile 2" O'zbek tilida rasmiy treyler dahshatli film
"Loki" qaytishini muhlislar ajoyib tarzda kutib olishdi (Video)