"Kalmar o‘yini" serialining uchinchi mavsumi 2025-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Kuni kecha vanixoyat yangi mavsum premyera sanasi aniq bo'ldi. Rejissyor Xvan Don Xekning so‘zlariga ko‘ra, yangi mavsumda bosh qahramon Ki Xun o‘z sheriklarining o‘limida o‘zini aybdor his qiladi va bu safar o‘yinda iloji boricha ko‘proq odamlarning omon qolishiga yordam berishga harakat qiladi. Quyida serialning yangi mavsumidan ilk kadrlarni tomosha qilishingiz mumkin.



Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, uchinchi mavsumda Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio ishtirok etishi mumkin.
Netflix 1-yanvar kuni uchinchi mavsumning ilk tizer-treylerini taqdim etdi, unda yangi mavsum yakuniy qism bo‘lishi ta'kidlangan.


Eslatib o‘tamiz, serialning ikkinchi mavsumi 2024-yil 26-dekabrda namoyish etilgan edi. Va 2 - mavsumi Netflixda bir qancha rekordlarni o'rnatishga ulgurdi.
Yangi mavsumda Ki Xunning sarguzashtlari va o‘yinning yangi qoidalari tomoshabinlarni hayratda qoldirishi kutilmoqda. Serial 3 - mavsumi 2025 - yilning 27 - iyun sanasida "Netlfix" da namoyish qilinadi.
Tasodifiy xabarlar
Germiona — aktrisa Emma Uotson Oksfordga o‘qishga kirdi
Filmlarda ashaddiy dushman bo‘lsa-da, real hayotda qadrdon do‘st bo‘lgan aktyorlar
Tor: Sevgi va Momaqaldiroq film kadr orti jarayoni(video)
Temir odam qaytadimi? Robert Dauni Jr. sevimli ro'liga qaytadi
"Sherlok" serialining davomi suratga olinadimi?
Google 2023 yil uchun eng ommabop qidiruvlar roʻyxatini eʼlon qildi