“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi
Aktyor Jo Peshi People jurnaliga bergan intervyusida 1992-yilda suratga olingan “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” filmining suratga olish jarayonlarida boshi kuyganini aytdi.
Peshi o‘zining qahramoni — o‘g‘ri Garri Laym uning bosh kiyimiga o‘t qo‘ygan Kevin Makkallister obrazini gavdalantirgan Makoley Kalkin tuzog‘iga tushib qolgan sahnani suratga olish paytida jarohatlangan.
‘Jismoniy’ hazil turi bilan bog‘liq komediyaning suratga olish jarayonlarida kutilgan zarbalar, ko‘karishlar va umumiy og‘riqlarga qo‘shimcha ravishda, men boshimni jiddiy kuydirib oldim”, — deydi Peshi, u shuningdek, bu sahna uchun barcha tryuklarni o‘zi bajarganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, aktyorning qo‘shimcha qilishicha, uning baxtiga “murakkab tryuklar haqiqatan ham professional kaskadyorlar tomonidan ijro etilgan”.
Peshi, shuningdek, kelajakda Garri Laym roliga qaytishi aniq emasligini aytdi. “Hech qachon ‘hech qachon’ demang, biroq men hali ham birinchi filmlarning muvafaqqiyati takrorlanishi qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman. Hozir vaqt o‘zgardi: 30 yil ichida munosabatlar va ustuvorliklar o‘zgardi”, — deydi aktyor.
Quyida esa aktyorning "Boshi olovda kuyib qolgan" sahna videosini ko'rishingiz mumki.


Tasodifiy xabarlar
Kalmar o'yini 3 mavsumi fasli haqidagi yangiliklar
Sonik 3 filmi O'zbek tilida to'liq tahlilni tomosha qiling
Netflix futbol haqida multfilm yaratdi!
Joan Rouling “Garri Potter”dagi qaysi qahramonini “o‘ldirganidan” afsuslangani haqida so‘zlab berdi
"Agarda..?" 3 - mavsumi fasli dan yangi tizerni tomosha qiling
Kungfu panda 4 O'zbek tilida rasmiy treyler