Nintendo kompaniyasi "Super Mario: Galaktika" filmining ilk tizerini taqdim etdi. Bu - 2023-yilda katta muvaffaqiyat qozongan filmning davomi bo'ladi.
Sikvel syujeti 2007-yilda chiqqan videoo'yinga asoslanadi. Asosiy qahramonlarga yana Kris Pratt, Anya Teylor-Joy va Jek Blek ovoz beradi. Filmni "Super Mario" kartinasini suratga olgan rejissyorlar - Aaron Horvat va Mixail Yelenik boshqaradi.

Super Mario o'yini asosida suratga olingan birinchi film 2023-yil bahorida ekranlarga chiqqan va 1,36 milliard dollar daromad to'plagan edi. Ikkinchi qismning AQShdagi premyerasi 2026-yil 3-aprelga belgilangan.Quyida filmdan birinchi rasmiy tizerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Kod 8" filmining ikkinchi qismidan rasmiy treyler namoyish qilindi
Kalmar o‘yini 3 mavsumida qanday o‘yinlar bo‘ladi? Ularning ba’zilariga ishora berilgan
Komediya qiroli Mister Bin hayoti va ijodi (Video)
"Agarda..?" 3 - mavsumi fasli dan yangi tizerni tomosha qiling
Kristofer Nolanning eng yaxshi filmlari Top - 7
"Vonka" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling.