Anjelina Joli 8-sentyabr kuni Toronto kinofestivalida Impact Media nominatsiyasida TIFF Tribute mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ma’lumki, Venetsiya kinofestivalini ochib bergan 49 yoshli aktrisa 8-sentyabr, yakshanba kuni shahardagi Fairmont Royal York mehmonxonasida taqdirlanadi. Bu uning “Qonsiz” so‘nggi rejissyorlik loyihasining jahon premyerasiga to‘g‘ri keladi.

Ilgari Pedro Almodovar kabi rejissyorlarga berilgan TIFF Tribute Award in Impact Media mukofoti kinoga ijtimoiy ta’sir ko‘rsatgan shaxslarni ham taqdirlaydi.
Shuningdek, Emi Adams, Keyt Blanshett va Devid Kronenberg ham TIFF-2024 marosimda taqdirlanadi, Sandra O esa faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Tasodifiy xabarlar
Dahshatli premyera "Rohibaning lanati: bag'ishlov" film treyleri
Futbolchi Devid Bekxem haqidagi serial rasmiy treyleri
Yangi "Rejim" mini serialidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
"Monarx: Maxluqlar merosi" seriali O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
"Gran Turizmo" filmidan yangi rasmiy treyler
Troll 2 filmidan birinchi rasmiy treyler namoyish qilindi