Kventin Tarantino yangi filmining kechikishi sababini ma'lum qildi.

Kventin Tarantino yangi filmining kechikishi sababini ma'lum qildi.

Kventin Tarantino rejissyorlik faoliyatidagi o‘ninchi to‘liq metrajli filmi ssenariysini yozib tugatdi. Biroq uni suratga olishga qachon kirishishi va umuman keyingi loyihasi aynan shu film bo‘ladimi — hozircha noma’lum.

Grem Norton shousida qatnashgan rejissyor avval Londonda sahnalashtiriladigan teatr spektakli ustida ishlashni, keyin esa oilasi bilan vaqt o‘tkazib, kelajakdagi rejalari haqida bir qarorga kelishni istashini aytdi.


«Men o‘zimga juda yoqqan ssenariyni yozdim. Ammo avval spektakl bilan shug‘ullanmoqchiman. Bu tajribadan keyin qanday o‘zgarishimni ko‘rishni istayman. So‘ng uyga qaytib, oilam bilan vaqt o‘tkazaman, biroz o‘zim uchun yashayman va shundan keyingina nima qilishni hal qilaman», — dedi rejissyor.


Hozircha Tarantinoning rejalarida teatr birinchi o‘rinda.

U The Popinjay Cavalier spektakli ustida ishlamoqda. Asarda bosh rolni Sasha Baron Koen ijro etadi. Dastlab kino uchun mo‘ljallangan ushbu hikoya keyinchalik teatr sahnasiga mos deb topilgan. Spektaklning Londonning West End teatrlarida 2027-yil mart oyida namoyish etilishi rejalashtirilgan.



Eslatib o‘tamiz, Tarantino avvalroq o‘nta film suratga olgach, rejissyorlik faoliyatini yakunlash niyatida ekanini bildirgan edi. Endi esa u o‘ninchi filmi ustida ishlashga shoshilmayapti va kelajakdagi rejalarini teatr tajribasidan keyin hal qilmoqchi.

Demak, Tarantino kino bilan xayrlashishga qat’iy qaror qilgani yo‘q — u avval teatrda o‘zini sinab ko‘rib, keyin katta ekranга qaytish yoki qaytmaslikni hal qilmoqchi.


×
KINOCHI.NET