AQSh ssenariynavislari gildiyasi tomonidan uyushtirilgan ommaviy ish tashlash tufayli “Taxtlar oʻyini” prikvelini suratga olish ishlari toʻxtab qoldi. Bu haqda amerikalik yozuvchi va asar muallifi Jorj R.R. Martin maʼlum qildi.
“Ssenariynavislarning ommaviy ish tashlashi davom etmoqda. Hech kim, sogʻlom fikrlash imkoniyatiga ega boʻlgan hech bir ssenariynavis buni xohlamagandi, ammo prodyuserlar, studiyalar, tarmoq va striming servislari bizga boshqa chora qoldirishmadi”, – dedi u.
Yozuvchining aytishicha, prikvel ustida ishlayotgan ssenariynavislar faoliyati ayni vaqtda butunlay toʻxtatilgan. Ular hozirda piketlarda ishtirok etish bilan band.
Eslatib oʻtamiz, ssenariynavislar Gildiyasi vakillari joriy yilning 2-may sanasida ommaviy ish tashlash eʼlon qilishgan. Bunga ijodkorlarning “Netflix”, “Walt Disney” kabi studiyalar bilan yuqori maosh boʻyicha kelishuvga erisha olmaganlari sabab boʻlgan.


Tasodifiy xabarlar
"Tozalovchi" yangi jangari film rasmiy treyleri
Gollivudning eng boy aktyorlari Top - 20 (Video)
"Ajdarho Uyi" Ikkinchi mavsum qachon chiqishi malum bo'ldi!
Yaxshi bo'lish osonmi 4 filmi minionlar haqidagi yangi film treyleri
“F1” Formula-1 filmi Apple’ning eng ko‘p daromad keltirgan kartinasiga aylandi
"Qasoskorlar: Qiyomat kuni" filmi treyleri rekord o'rnatdi