Hindistonlik rejissyor “Kalmar o‘yini” filmini plagiatda ayblab, Netflix’ni sudga berdi
Hindistonlik rejissyor Soham Shoh Netflix striming xizmatini “Kalmar o‘yini” seriali tufayli plagiatda aybladi. Bu haqda Bloomberg nashri Nyu York janubiy okrugi federal sudi maʼlumotlar bazasidagi hujjatlarga tayanib xabar bermoqda taniqli insayderlar.
Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, “Kalmar o‘yini” uning “Fortuna” (Luck) nomli filmining “to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilgan varianti”dir. Uning da’vo qilishicha, “Kalmar o‘yini”ning asosiy syujeti, mavzusi, undagi qahramonlar hamda va voqealar ketma-ketligi “Fortuna”ga juda o‘xshaydi.
“Bunday o‘xshashliklar tasodif bo‘lishi mumkin emas”, — deyiladi da’vo arizasida. Hind tilidagi “Fortuna” filmining premyerasi 2009-yilda bo‘lib o‘tgan.

Netflix kompaniyasi bergan ma’lumotlarda aytilishicha, rejissyor Shohning da’vosi hech qanday asosga ega emas. Striming servisi janubiy koreyalik rejissyor Xvan Dong Xyokning loyihasini himoya qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Kalmar o‘yini” dramasi 2021-yilda namoyish etilgan. Unda hayotga tahlika soladigan noodatiy o‘yinlar haqida so‘z boradi. Uning ishtirokchilari esa moliyaviy qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlardir. Katta pul mukofotini qo‘lga kiritish uchun o‘yin qatnashchilari xavfli sinovlardan o‘tadi.
Serial 2022-yilda “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi xorijiy tilidagi drama bo‘ldi. Premyeradan keyingi birinchi oy ichida dramani 142 million Netflix obunachisi tomosha qilgan. Loyiha bir necha oy davomida platformadagi eng mashhur seriallardan biri bo‘lib kelgan. “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi fasli 2024-yil dekabr oyida chiqishi rejalashtirilgan.
Tasodifiy xabarlar
Kosmosda olingan ilk film haqidagi yangiliklar
"Begona: Romulus" filmining oxirgi rasmiy treyler videosini tomosha qiling
"Cheburashka: Dam olish kuni" maxsus bayram filmidan rasmiy tizer
Harbiy havo kuchlari: Pastga filmidan yangi rasmiy treyler
Qasoskorlar: Qiyomat kuni filmidan ikkinchi rasmiy treyler taqdim etildi
Jenna Ortega dastlab "Wednesday" ro'lini rad etganmi?