Disney studiyasi «Avatar» franshizasining toʻrtinchi qismi relizlar jadvalida qolayotganini tasdiqladi. Filmning premyerasi 2029-yil 21-dekabrga rejalashtirilgan.
Hozircha rejissyor Jeyms Kemeron yangi film ustida ishlashga qaytishi aniq emas. Avvalroq u «Avatar» franshizasining kelajagi borasida hali bir qarorga kelmaganini va boshqa loyihalar bilan shug'ullanishni rejalashtirayotganini aytgandi.

Taxminlarga ko'ra, «Avatar 4» voqealari «Avatar: Olov va kul» filmidan olti yil o'tib sodir boʻladi. 2025-yilda ekranlarga chiqqan uchinchi qism jahon prokatida 1,48 milliard dollar ishlab topgan. Film budjeti esa marketing xarajatlarisiz 350 million dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, «Avatar 5» filmi ham rejalashtirilgan bo'lib, uning premyerasi 2031-yilda kutilmoqda.
Tasodifiy xabarlar
"Pingvin" spinn-off serialidan yangi rasmiy treyler
Yangi "Rejim" mini serialidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
"Motopoygachilar" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Venom 3: So'ngi raqs filmidan oxirgi rasmiy treyler
"YIGIT SO'ZI" “Слово пацана” filmining o‘zbekcha versiyasi yaratiladimi?
Dedpul 3, Deadpool 3 filmidan ilk rasmiy tizer namoyish qilindi