Rejissor Pon Jun-honing ("Parazitlar") yangi — "Mikki-17" filmining ilk treyleri e'lon qilindi.
Film Edvard Eshtonning "Mickey7" romaniga asoslangan bo'lib, unda eng murakkab va o‘ta xavfli operatsiyalar uchun maxsus yaratilgan bir martalik (so‘zma-so‘z ma’nosi) xodim Mikki haqida hikoya qilinadi. Uning bitta nusxasi halok bo‘lgandan so‘ng, yangi tana ko‘plab xotiralarni saqlab qolgan holda qayta tiklanadi.
Niflheym deb nomlangan muzli sayyorani mustamlaka qilish jarayonida ketma-ket bir necha marta halok bo‘lganidan so‘ng, bosh qahramon nimadandir shubhalana boshlaydi. Va u missiyada nega faqat bitta bo‘sh joy bo‘lgani va aynan u shu ishni qilishiga to‘g‘ri kelgani sabablarini o‘ylay boshlaydi.
Film premyerasi 2025-yilning 31-yanvar sanasida.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Endryu Garfild yangi filmda suratga tushadi
"Tozalovchi" yangi jangari film rasmiy treyleri
"Shamollar hukmdori" filmidan yangi rasmiy treyler
Aleksandr Makedonskiy haqida film ishlandi (Treyler)
Uilyamm Tell yangi jangari film rasmiy treyleri
"Jentlmencha boʻlmagan ishlar vazirligi" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi