Narniya: Sehrgarning jiyani filmining yangi tizeri chiqdi

Narniya: Sehrgarning jiyani filmining yangi tizeri chiqdi

Greta Gervig («Barbi») rejissyorligidagi yangi «Narniya» filmi 2027-yil 12-fevralda kinoteatrlarda, 2-aprelda esa Netflix'da namoyish etiladi.

Film K.S. Lyuisning shu nomdagi kitobi asosida suratga olingan. Voqealar 1950-yillardagi Londonda bo'lib o'tadi. Filmda Narniya sehrli olamining qanday paydo boʻlgani haqida hikoya qilinadi.

Bosh rollarda Deniel Kreyg, Keri Malligan va Emma Makki suratga tushgan. Aslan ismli sehrli sherga esa Meril Strip ovoz bergan.


Film IMAX formatida ham namoyish etiladi. Netflix uni kinoteatrlarda taxminan 50 kun davomida namoyish etishni rejalashtirmoqda.



PREMYERAGA QOLGAN VAQT: 2027-02-12

×
KINOCHI.NET