Taniqli aktyor Ulugʻbek Qodirov ijrosidagi “Yengilmas” filmining treyleri eʼlon qilindi. Filmda mashhur bokschi, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Avvalroq ushbu filmda suratga tushish uchun bir guruh xorijlik aktyorlar O‘zbekistonga kelgandi. Xususan, yaponiyalik Masaya Kato, shveysariyalik Filip Reynhard, amerikalik Richard Li, yaponiyalik Osamu Yamamoto, rossiyalik Mariya Shamshina kabi mashhur kinoyulduzlar ushbu filmda koʻrinish beradi.
“Yengilmas: Tokioga yoʻl” nomli badiiy film Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Conglomerate Studio” studiyasi tomonidan yaratilmoqda. Filmning ilk katta premyerasi sentyabr oyiga rejalashtirilgan.
Tasodifiy xabarlar
Deredevil: Qayta tug'ilish O'zbek tilida serial rasmiy treyleri
Futbolchi Messi haqida mini serial suratga olinadi
Toshkent xalqaro Kinofestivaliga start berildi (Foto)
"Yovvoyi robot" animatsion filmidan oxirgi rasmiy treyler
Kalmar o'yini 3 - mavsumi dan rasmiy video parchani tomosha qiling
"Dyuna 2" filmining premyera qilinish sanasi o'zgartirildi