"Mickey 17" — bu Bong Joon-ho tomonidan suratga olingan ilmiy-fantastik qora komediya janridagi film bo'lib, Edward Ashtonning 2022-yilda chop etilgan "Mickey7" romaniga asoslangan. Filmda Robert Pattinson, Naomi Ackie, Steven Yeun, Toni Collette va Mark Ruffalo kabi aktyorlar rol o'ynagan.

Film syujeti yaqin kelajakda sodir bo'ladi. Mickey Barnes ismli qahramon "Maxsus" xodim sifatida muzlik bilan qoplangan Niflheim sayyorasini kolonizatsiya qilish missiyasida qatnashadi. Uning vazifasi xavfli topshiriqlarni bajarish bo'lib, har o'limidan so'ng xotiralari saqlanib qolgan yangi tanada qayta tiklanadi. Biroq, Mickey 17-chi versiyasi o'limdan omon qolib, bazaga qaytganida, o'zining yangi nusxasi — Mickey 18 bilan yuzma-yuz keladi.
Filmning premyerasi 2025-yil fevral oyida 75-Berlin xalqaro kinofestivalida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Shundan so'ng, 28-fevralda Janubiy Koreyada va 7-martda AQShda kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Filmning rasmiy treylerini quyida tomosha qilishingiz mumkin:
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Mening ayolim- Qotil" filmining rasmiy treyleri
O'tkir viqorlilar Shelbilar oilasi filmi birinchi rasmiy treyleri
"Barbi" Margot Robbi ishtirokidagi film Treyleri!
Marvel Zombilari animatsion serialidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
“Titanik”ning yangilangan versiyasi kinoteatrlarga 2023-yilda chiqadi
Kalmar o'yini seriali 2 - mavsumi fasli sa'nasi aniq bo'ldi