Yangi "Smurflar" animatsion musiqiy filmi 2025-yil 18-iyulda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Film belgiyalik rassom Peyo tomonidan yaratilgan "Smurflar" komikslariga asoslangan bo'lib, rejissyor Kris Miller tomonidan suratga olingan. Asosiy qahramon Smurfettaning ovozini taniqli qo'shiqchi Rihanna ijro etadi. U nafaqat ovoz berish, balki film uchun original qo'shiqlar yaratish va prodyuserlik qilish bilan ham shug'ullangan.
Filmda Smurfetta va uning do'stlari Ota Smurfni yovuz sehrgarlar Razamel va Gargamelning qo'lidan qutqarish uchun real dunyoga sayohat qilishadi. Ular yangi do'stlar yordamida o'z taqdirlarini kashf etishlari va koinotni saqlab qolishlari kerak bo'ladi.

Filmning ovozli aktyorlar tarkibi juda boy bo'lib, unda Jon Gudman, Oktavia Spenser, Jeyms Korden, Sandra O, Nik Offerman, Natasha Lyonne, Dan Levi, Emi Sedaris, Nik Kroll, Xannah Vaddingham, Aleks Vinter, Billi Lourd, Xolo Mariduena, Kurt Rassel kabi mashhur aktyorlar ishtirok etadi.
Yaqinda chiqarilgan treylerda Rihanna Belinda Karlaylning "Heaven Is a Place on Earth" qo'shig'ini kuyladi va film haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi.
Quyida filmning rasmiy treylerini tomosha qilishingiz mumkin:
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Godzilla : Minus bir" filmidan ilk rasmiy treyler
"Yigit so'zi" Слова патцана seriali rasman 3 mavsumga uzaytirildi
"Ajal o'yini" seriali ikkinchi fasl Treyleri!
"Blackberry" biznes haqidagi ajoyib film haqidagi ma'lumotlar
Jannat onalar oyog'i ostida O'zbek tilidagi film tahlili (Video)
"DC" kino olamining yangilangan rejalari!