2025-yil 8-fevralda Los Anjelesdagi UCLA Royce Hall’da bo‘lib o‘tgan 52-sonli Annie Awards marosimida “Yovvoyi robot” animatsion filmi 9 ta mukofot bilan mutlaq g‘olib loyiha deb topildi. Xususan, multfilm “Eng yaxshi to‘liq metrajli film”, “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” va “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyalarini ham qo‘lga kiritdi.
“Oqim” multfilmi ham yaxshi natijalar ko‘rsatib, ikkita mukofot — “Eng yaxshi mustaqil to‘liq metrajli film” va “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.


Televizion nominatsiyalarning absolyut g‘olibi sifatida “Arkeyn” loyihasi e’tirof etildi. Multfilm nomzodi qo‘yilgan barcha nominatsiyalarda yutib chiqdi. Ular ichida “Animatsion serial uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi” va “Qahramonlarning eng yaxshi animatsiyasi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.

“Maymunlar sayyorasi: Yangi qirollik” blokbasteri “Filmdagi eng yaxshi qahramonlar animatsiyasi” nominatsiyasida yutib chiqdi.
Annie Awards 2025 ning asosiy g‘oliblari:
Eng yaxshi to‘liq metrajli multfilm: “Yovvoyi robot”
Eng yaxshi mustaqil va to‘liq metrajli multfilm: “Oqim”
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Orion va zulmat”
Eng yaxshi rejissyorlik ishi — “Yovvoyi robot”
Eng yaxshi ssenariy — “Oqim”
Eng yaxshi ovoz aktyori/aktrisasi — Lupita Niongo (“Yovvoyi robot”)
Animatsion serial uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi — “Arkeyn”
Multfilmdagi eng yaxshi qahramon animatsiyasi — “Arkeyn”
Filmdagi eng yaxshi qahramon animatsiyasi — “Maymunlar sayyorasi: Yangi qirollik”

Bunday katta e‘tirof “Yovvoyi robot” loyihasining “Oskar”ga sazovor bo‘lish uchun yanada yaqinroq kelganini anglatadi.
Tasodifiy xabarlar
"Avatar 2: Suv yo'li" filmi eng so'ngi yangiliklari!
Yangi ilmiy-fantastik film "65" treyleri va premyera sanasi
Jek Richer seriali 3 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
"Bizning so'ngimiz" The Last Of Us serial treyleri!
Jim Kerri Ayyorlik mabudi "Loki" bo'lishi mumkin edi!
"Garri Potter" filmi aktyorlari hozirgi kunda (Video)