Xonanda Rianna “Oskar” mukofotining 95 yillik yubiley marosimida ishtirok etishi tasdiqlangan birinchi mashhur xonanda bo‘ldi. U marosimda “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan “Qora panterra” filmi uchun kuylagan Lift me up taronasini ijro etadi.
Marosim 12-martdan 13-martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Komediyachi Jimm Kimmel marosimga boshlovchilik qiladi. Boshqa da’vogarlar orasida Hold my hand (“Top Gan: Meverik” kinokartinasi uchun kuylangan), Naatu Naatu (“RRR: Inqilob yaqinlashmoqda” filmida ijro etilgan) va This is a life (“Hamma narsa hamma joyda, bir vaqtning o‘zida” kinokartinasi saundtreki) taronalari ham bor. Marosimda qatnashadigan boshqa xonandalarning ismlari keyinroq e’lon qilinadi.
Rianna fevral oyining boshida AQSH Superkubogida chiqish qildi. Xonandaning chiqishi Keti Perrining shousidan keyin tarixdagi eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi shouga aylandi.


Tasodifiy xabarlar
Aktrisa Anjelina Joli faxriy mukofot bilan taqdirlanadi
Uzuklar Hukmdori: Roxirrimlar Urushi Animesidan ilk rasmiy treyler
Filmlarda liboslarini o'zi tanlagan aktyor va Aktrisalar!
Koronavirus haqidagi O'zbek filmi namoyish qilinadi
"Asteriks va Obeliks:O'rta qirollik" film treyleri!
Minionlar va Maxluqlar multfilmi birinchi rasmiy treyleri namoyish qilindi