Netflix'ning mashhur yapon trilleri "Ajal O'yini" serialininh uzoq kutilgan 3-mavsumi 2025-yil 25-sentabrda tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi. Oldingi mavsumlardagi og'ir sinovlar, hayot va o'lim o'yinlari ortda qolgandek tuyulgandi. Ammo syujet oxirida paydo bo'lgan sirli "Joker" kartasi voqealarning aslida endigina boshlanayotganini ko'rsatadi.
Bu safar ham bosh qahramonlar - Arisu va Usagi - yana noma'lum dunyoda omon qolish uchun kurashishadi. Psixologik bosim, yangi qoidalar, g'ayrioddiy o'yinlar va real hayot bilan xayoliy olam o'rtasidagi noaniq chegara - barchasi 3-mavsumda yanada kuchliroq koʻrinish oladi.

Serialda yana Kento Yamazaki (Arisu), Tao Tsuchiya (Usagi), Nijirō Murakami (Chishiya) kabi sevimli aktyorlar ishtirok etadi. Ustoz rejissyor Shinsuke Sato boshchiligidagi jamoa bu mavsumda ham syujet keskinligi, vizual effektlar va dramatik sahnalarni yuqori darajada taqdim etishni maqsad qilgan.
"Ajal O'yini" 3-mavsumi - bu nafaqat tirik qolish uchun kurash, balki inson tafakkuri va ruhiyatining chekka chegaralarini sinovdan oʻtkazadigan sayohatdir.
Quyida esa serial 3 - mavsumidan yangi rasmiy tizerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Noyabr oyida "Disney+" da nomoyish qilinadigan kino va seriallar (Video)
“Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi jahon prokatida qancha mablag' yigdi
"Bizning so'ngimiz"(The Last of us) seriali 2 qism treyleri
Kalmar o'yini seriali 3 - mavsumi qanday suratga olingan?
Godzilla: Minus bir filmi O'zbekcha tahlili,film rostdan ham shedevrmi?
"Deredevil: Qayta tug'ilish" serialining oxirgi rasmiy treyleri