Hafta davomida tomosha qilishimiz mumkin bo'lgan kinopremyeralar

Hafta davomida kinoteatrlarda qanday kinolar premyera qilinishini bilmoqchimisiz? Biz sizga yordam beramiz.


1) Arra 10 (Пила)

 

Jon Kramer saratondan davolanishga umid qilib, eksperimental operatsiya uchun Meksikaga boradi, ammo natijada u bu shunchaki firibgarlik va umidsiz bemorlarni aldash ekanligini bilib qoladi. Keyin u o’z uslubida — oqilona, shafqatsiz tuzoqlar yordamida firibgarlarni jazolashga qaror qiladi. Demak dashshatli franshiza davom etadi..


2) Begona pullar (Дурные деньги)

 

Pul dunyoni boshqaradi deyishadi. Uoll-strit esa pulni nazorat qiladi. Va agar eng yuqoridagilar video o’yinlar sotiladigan do’konlar tarmog’i bankrot bo’lishi kerak deb qaror qilishsa, buning uchun bankdan kredit olish mumkin. Ammo bir kuni oddiy odamlar bunga “yo'q” deyishdi va dunyo birjalariga jang e’lon qilishdi. Geymerlar, TikTokerlar, uy bekalari va kichik investorlar aksiyalarni sotib olishni boshlashdi va Uoll-stritni “buzishdi”, yo’l-yo'lakay pul ham ishlashdi.


3) "Sehrli hayvonlar maktabi: Zindon siri" (“Школа магических зверей. Тайна подземелья”)

Sehrli hayvonlar maktabi o’zining yubileyiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bolalar va ularning gapiradigan sehrli jonzotlari juda band. Ayni paytda maktabda g’alati voqealar yuz bermoqda. Har kecha hovlida sirli tunnellar paydo bo’ladi. Do’stlar o’zlarining sehrli uy hayvonlari bilan birga yer ostida qanday sir yashiringanini aniqlashlari kerak va bu sarguzashtlar xatarlarga to’la sayohatga aylanadi.


4) "Opa harakat qiling" (“Сестра, действуй!”)

Besh nafar umidsiz rohiba qariyalar uyini ta’mirlash uchun velosiped poygasida pul mukofotini qo’lga kiritishga urinishmoqchi. Ammo bitta muammo bor — ularning hech biri velosiped haydashni bilmaydi.


5) "Men ma'budaman" (“Я богиня”)

 

Sodda maktab o‘qituvchisi Lena birdan ishidan ham, eridan ham ayriladi. “Muammo, albatta, menda”, deb qaror qiladi va do‘stining maslahatiga ko‘ra, ““Я богиня” treningida qatnashish uchun yoziladi. Natija: yangi obraz va Andrey ismli mehribon muxlis. Ammo Lena o’zini topa oldimi yoki yo’qmi, bu jarayon davomida muhim yo’qotishga duch keldimi, bunisi noma’lum.

Eslatib o'tamiz ushbu filmlarni yurtimizning taniqli kinoteatrlariga tashrif buyurib tomosha qilishingiz mumkin.

Теглар:
×