Universal va DreamWorks Animation kompaniyalari "Shrek" franshizasining beshinchi qism premyerasini 2026-yil 23- dekabrdan 2027-yil 30-iyunga koʻchirdi. Variety nashri xabar berishicha, filmning chiqish sanasi ikkinchi bor kechiktirilmoqda. Dastlab premyera 2026-yil iyuliga rejalashtirilgan edi. Studiya buning sababini izohlamadi.
Joriy yilning may oyida animatsion filmning birinchi tizer-treyler taqdim etildi, unda bosh qahramonlar yangilangan grafika asosida namoyish etildi. Biroq muxlislarga tizerda ko‘rsatilgan animatsiya uslubi ma’qul kelmadi va ko‘plab tandiqlarga sabab bo‘ldi

Syujetga ko‘ra, yangi filmda Shrekning qizi sehr bilan shug‘ullanadi va tasodifan otasi bilan eshakni “haqiqiy dunyo”ga olib o‘tadi. Ularni qaytarib yuboradigan sehrni bilmagani sababli Shrek va eshak o‘z yo‘llarini o‘zlari topishga majbur bo‘lishadi.
Agar yana kechikishlar bo‘lmasa, “Shrek 5” Sony’ning “O‘rgimchak odam: olamlardan yiroqda” animatsion filmi premyerasidan bir hafta o‘tib ekranlarga chiqadi.

Hozirda franshizaning so‘nggi multfilmi 2010-yilda chiqqan “Shrek bir umrga” filmidir. 2022-yilda “Etik kiygan mushuk” multfilmining davomi bo‘lgan “Etik kiygan mushuk 2: So‘nggi tilak” premyerasi bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq bosh qahramonning eng yaqin do‘sti — Eshakka bag‘ishlangan alohida film spin-off suratga olinishi haqida xabar berilgan edi.
Tasodifiy xabarlar
Top - 10 Dahshatli Janubiy Koreya filmlari (Video)
"Avatar 3" filmida bizni qanday voqealar kutmoqda
“Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining treyleri e’lon qilindi
"Blackberry" biznes haqidagi ajoyib film haqidagi ma'lumotlar
Bo'ri odam filmidan birinchi rasmiy treyler
Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi